Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Koronavirus: Bezgakka qarshi dorilar o‘lim xavfini oshiradi

Koronavirus: Bezgakka qarshi dorilar o‘lim xavfini oshiradi

Bezgakka qarshi qo‘llaniladigan  xloroxin va gidroksixloroxin dori vositalaridan SARS-CoV-2 koronavirusini davolash uchun qabul qilish o‘lim xavfini oshiradi. The Lancet tibbiyot jurnalida chop etilgan tadqiqot xulosasida ana shunday deyilmoqda.

Tadqiqot rahbari, birlashgan Boston tibbiyot markazi doktori Mandip Merning so‘zlariga ko‘ra, yuqoridagi dorilar koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda nafaqat foyda, balki zarar ham keltirishi mumkin.  

Tadqiqotda oltita qit’adagi 671ta kasalxonadan 96 ming bemor ishtirok etgan. Ular to‘rtta guruhga bo‘lingan. Birinchi guruh gidroksixloroxin, ikkinchi guruh xloroxin, uchinchi guruh ikkala doridan birini antibiotiklar bilan birga qabul qilgan. Oxirgi guruhdagilar bu dorilardan hech birini qabul qilmagan.

Yakunda ikkala dorini qabul qilmagan bemorlar orasida o‘lim ko‘rsatkichi 9 foizni tashkil etgan. Koronavirusdan xloroxin yordamida davolanganlar orasida bu ko‘rsatkich 16,4 foiz bo‘lgan. Gidroksixloroxin qabul qilganlar orasida esa o‘lim ko‘rsatkichi 18 foizga teng bo‘lgan. Antibiotiklar bilan xloroxin qabul qilganlarda ko‘rsatkich 22,8 foizga, gidroksixloroxin va antibiotik qabul qilganlarda 23,8 foizga yetgan.

Syurix universiteti klinikasi kardiologiya bo‘limi mudiri Frank Rujiskning aytishicha, bezgakka qarshi dorilar ayniqsa yurak kasalliklari bo‘lgan bemorlar uchun xavfli.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusdan davolashda gidroksixloroxindan foydalanish samaradorligi to‘g‘risida ishonchli dalillar yo‘qligini bildirgan.

Biroq ko‘plab mamlakatlarda koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda aynan bezgakka qarshi dorilardan foydalanilmoqda. Jumladan, AQShda mart oyining oxirida FDA favqulodda choralar sifatida shifoxonadagi cheklangan holatlarda Covid-19'ni davolash uchun xloroxin va gidroksixloroxinni qo‘llashni tasdiqladi. 

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining Covid-19 profilaktikasi, tashxisi va davolash bo‘yicha vaqtincha tavsiyalarida, bezgakka qarshi dorilar istiqbolli deb ko‘rsatilgan. 

Fransiyada shifokorlar ham ushbu dorilarni koronavirus bilan og‘rigan bemorlarga buyurishlari mumkin. 

Hindistonda gidroksixloroxinni iste’mol qilish sog‘liqni saqlash xodimlari profilaktikasi, shuningdek, koronavirus bilan kasallangan bemor bilan aloqada bo‘lganlar va shifokorining ko‘rsatmasini olganlar uchun tavsiya etiladi.

Yaqin Sharqning bir qator davlatlari, jumladan, Bahrayn, Marokash, Jazoir va Tunis, ushbu dorilarni ishlatishga ruxsat bergan yoki klinik sinovlardan o‘tmoqda.

Kiritildi: 07:15 23.05.2020. O'qildi: 2503 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!