Olimlar yapon xalqining shakllanishida Koreya yarimorolidan ko‘chib kelganlarning genlari katta rol o‘ynaganini aniqlashdi. Bu haqda Human Genetics jurnali yozdi.
Yapon olimlari genetik-populyasiya tadqiqoti natijasida shunday xulosaga kelishdi.
«Kelib chiqishi Sharqiy Osiyo va shimoli-sharqiy Sibirga borib taqaluvchi Koreya aholisi Yayoi va Kofun davrlari oralig‘ida (Yayoi davri — taxminan 3 ming yil avval, Kofun davri — taxminan milodiy III-VI asrlar) Yapon orollariga muntazam ko‘chib o‘tgan», — deyiladi tadqiqotda.
Koreya yarimorolidan kelgan ko‘chmanchilar hozirgi Yaponiya hududida yashagan Dzyomon xalqi bilan aralashib ketgan. Zamonaviy yaponlar o‘sha aralash xalqning avlodlari sanaladi.