Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Koreyaning BTS guruhi “MTV European Music Awards” mukofotiga sazovor bo‘ldi

A A A
Koreyaning BTS guruhi “MTV European Music Awards” mukofotiga sazovor bo‘ldi

Janubiy Koreyaning mashhur BTS guruhi “MTV European Music Awards 2020”ning to‘rt toifasida to‘rt sovrinni qo‘lga kiritdi.

Bu haqda mukofot matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, guruh "Eng yaxshi qo‘shiq", "Eng yaxshi guruh", "Eng yaxshi onlayn konsert" hamda  "Eng katta muxlislar bazasi" yo‘nalishlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, “Coldplay” musiqachilari “Eng yaxshi rok guruhi”, Ledi Gaga “Eng yaxshi xonanda”, Xeyli Uilyams esa “Eng yaxshi alternativ ijrochi” deb topilgan.

Ta’kidlanishicha, koronavirus pandemiyasi tufayli taqdirlash marosimi bir joyda o‘tkazilmagan va g‘oliblar sayyoramizning turli burchaklaridagi chiqishlarini videoga yozishga majbur bo‘lishgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, taqdirlash marosimi tadbirlari 2021 yilda Vengriyada bo‘lib o‘tadi.

Har yili o‘z egalariga topshiriladigan mukofot 1994 yilda “MTV Europe” musiqiy telekanali tomonidan ta’sis etilgan. Uning g‘oliblari internet orqali ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi.

Kiritildi: 20:25 09.11.2020. O'qildi: 5385 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!