Bugun 23 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Koreyada robot o‘zini o‘zi o‘ldirdi

Koreyada robot o‘zini o‘zi o‘ldirdi

Janubiy Koreyada fuqarolik xizmati sohasiga jalb qilingan robot “o‘z joniga qasd qildi”. Bu haqda Janubiy Koreya mahalliy nashrlariga tayanib, Daily Mail xabar berdi.

Manbada aytilishicha, davlat fuqarolik xizmati tizimiga jalb qilingan robot avtonom tarzda o‘zini balandlikdan tashlab yuborgan. Ushbu hodisadan oldin robotda hech qanday ishdan chiqish va tizim nosozligi kabi holatlar bo‘lmagan.

Mamlakatdagi qator rasmiylar yuz bergan hodisani robot o‘z joniga qasd qilishi bilan bog‘liq mamlakatdagi birinchi holat deya baholagan.

“Robotdan kundalik hujjatlarni yetkazib berish, targ‘ibot hamda va mahalliy aholiga ma’lumot yetkazishda foydalanilar edi. Hozirda uning shikastlangan qismlarini yig‘dik va tahlilga topshirdik”, deyiladi rasmiylar xabarida.

Robotdagi so‘nggi topshiriqlar tarixini tekshirgan mutaxassislar qiziq holatga duch kelgan. Fuqarolik xizmati robotiga kunlik belgilangan dasturiy me’yordan bir necha barobar ko‘p vazifalar topshirilgan. Robot qisqa muddatda ko‘p va tezkor operasiyalar bajarishiga to‘g‘ri kelgan. Oqibatda uning tizimida ayrim funksiya buzilishlari kuzatilgan.

Robot odatiy mehnat nizomi bo‘yicha ertalab soat 9 dan kechki 18:00 gacha ishlagan. U, shuningdek, o‘zining davlat xizmati xodimi kartasiga ham ega bo‘lgan.

Kiritildi: 22:35 10.07.2024. O'qildi: 1321 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!