Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Koreya rahbari tug‘ilish darajasini oshirish uchun ish haftasini qisqartirishni taklif qildi

Koreya rahbari tug‘ilish darajasini oshirish uchun ish haftasini qisqartirishni taklif qildi

Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myon mamlakatda tug‘ilish darajasining keskin pasayishiga qarshi kurashish maqsadida ish haftasini to‘rt yarim kunga qisqartirish taklifini ilgari surdi. Uning ta’kidlashicha, bu demografik inqirozga qarshi «jangovar va jasur siyosiy burilish» bo‘ladi.

Ayni paytda Koreya dunyodagi eng past tug‘ilish ko‘rsatkichiga ega: har bir ayolga o‘rtacha 0,75 nafar bola to‘g‘ri keladi. Prezidentga ko‘ra, bunday holat milliy iqtisodiyot va ijtimoiy tizim uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda.

«Yoshlar ish va shaxsiy hayot o‘rtasida muvozanatni topa olmayapti. Uzoq ish soatlari oila qurishga xalaqit bermoqda», — dedi Li Chje Myon.

Hozirgi paytda o‘rtacha janubiy koreyalik yiliga 1874 soat ishlaydi — bu OESR mamlakatlari o‘rtacha ko‘rsatkichidan 130 soatga ko‘p. Shu sababli hukumat 2030 yilgacha ish haftasini 40 soatdan 36 soatga qisqartirish, kelgusida esa to‘liq 4 kunlik ish haftasiga o‘tishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlar maoshlarni pasaytirmasdan amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Hukumat yaqin kunlarda maxsus ishchi guruh tashkil etib, ish vaqti qisqarishi bilan bog‘liq islohotlar va xususiy sektor uchun subsidiya tizimini ishlab chiqmoqchi.

Profsoyuzlar tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, uni demografik muammoni hal etishdagi «egna kalit» deb atadi. Biroq biznes doiralari iqtisodiy oqibatlardan xavotirda: Koreya markaziy banki bu yilgi YAIM o‘sish prognozini 0,8%ga tushirdi — bu 1998 yilgi Osiyo moliyaviy inqirozidan buyongi eng past darajadir.

Kiritildi: 18:38 08.10.2025. O'qildi: 1119 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!