Kontrakt to‘lovidan 12 % daromad solig‘ini qaytarib olish uchun birinchi navbatda imtiyozdan foydalanuvchi «my3.soliq.uz» saytidan jami yillik daromadlar to‘g‘risida deklarasiya yuborish kerak.
Deklarasiya yuborilganda, uning shaxsiy kartochkasida ortiqcha to‘lov shakllanadi va shundan so‘ng ushbu ortiqcha to‘lovni qaytarish to‘g‘risida bank plastik kartasi rekvizitlarini ko‘rsatgan holda ariza taqdim etishi lozim.
Ariza 5 kun muddatda ko‘rib chiqiladi. Taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar bo‘lmasa ortiqcha to‘lov summasi ariza topshirilgan kundan etiboran 15 kun ichida qaytarib beriladi.
Ma’lumot uchun: professional va oliy ta’lim tashkilotlariga jismoniy shaxslar o‘zi va farzandlarining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ining ta’lim olishi uchun yo‘naltirgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi.
Mazkur imtiyoz o‘qish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlarini (foizlari bilan) qoplashga nisbatan ham qo‘llaniladi.