Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Konte «Tottenhem»da yangi cheklovlarni joriy etmoqda

A A A
Konte «Tottenhem»da yangi cheklovlarni joriy etmoqda

«Tottenhem» himoyachisi Emerson Royal bosh murabbiy Antonio Konte kelganidan so‘ng jamoada kuzatilgan o‘zgarishlar haqida fikr bildirdi.

«Men ketchupni yaxshi ko‘raman. Ammo buni iste’mol qilmaslikka o‘rganib qolganim sabab, bu unchalik muammo tug‘dirmaydi.

Yana bir taqiq. Sariyog‘! To‘g‘ri, Konte tana yog‘ini nazorat qilish va ba’zi ovqatlardan voz kechish muhimligini ta’kidladi, biroq men ilgari hech qachon bunday holatni ko‘rmaganman. Avvaliga bu biroz kutilmagan va qiyin bo‘ldi. Lekin bu bizning muvaffaqiyatlarimizda muhim bo‘lishini o‘ylaganimizdan so‘ng, buni to‘g‘ri qabul qildik», – deya Emersonning so‘zlarini keltiradi «Sky Sports».

Avvalroq shunga o‘xshash holat «Aston Villa» yangi bosh murabbiyi Stiven Jerrard bilan kuzatilgan edi. U «Villa Park» egalariga ketchup, mayonez, gazli ichimliklar, sous va issiq shokoladni taqiqlagan edi.

Kiritildi: 20:58 24.11.2021. O'qildi: 2612 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!