O‘zbekistonda Konstitusiya kuni munosabati bilan besh kunlik ish haftasida ishlaydiganlar ketma-ket uch kun dam oladi.
Qo‘shimcha dam olish kunlari 2024 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi prezident farmonida belgilangan.
Unga ko‘ra, 2024 yilning 8 dekabri yakshanba, dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani sababli dam olish kuni 9 dekabr, dushanba kuniga ko‘chiriladi. Shunday qilib:
7 dekabr, shanba — besh kunlik haftada ishlaydiganlar uchun dam olish kuni;
8 dekabr, yakshanba — Konstitusiya kuni;
9 dekabr, dushanba — barcha uchun dam olish kuni bo‘ladi.