Bugun 15 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanish bosqichma-bosqich cheklanadi

Konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanish bosqichma-bosqich cheklanadi

Har chorakda respublikaning barcha hududlarida «Jonli ijro haftaligi» o‘tkaziladi.

“Konsert-tomosha faoliyatida jonli ijroni yanada rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida” gi Hukumat qarori (207-son, 08.04.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2025 yil 1 maydan:

  • davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladigan barcha konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanish bosqichma-bosqich cheklanadi;
  • konsert-tomosha tadbirlari reklamalarida tegishlicha «Jonli ijro», «Fonogrammadan foydalangan holda jonli ovoz» yoki «Fonogrammali konsert dasturi» deb aniq ko‘rsatilishi lozim;
  • Madaniyat vazirligi tomonidan ijodkorlarni «O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti», «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist» va «O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi» davlat mukofotlariga tavsiya etishda, birinchi navbatda, ularning jonli ijro eta olish qobiliyati inobatga olinadi.

2025 yil 1 iyuldan:

  • jonli ijroda tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari bo‘yicha reklamalarni O‘zbekiston MTRK tizimidagi teleradiokanallarda efirga berish uchun tadbir tashkilotchisiga 30 foiz miqdorida chegirma beriladi;
  • jonli ijroda va fonogrammadan qisman foydalanilgan holda tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari O‘zbekiston MTRK tizimidagi teleradiokanallarda tegishli teleradiokanal Badiiy kengashining ijobiy xulosasi asosida bepul efirga uzatiladi.

har chorakda respublikaning barcha hududlarida «Jonli ijro haftaligi» o‘tkaziladi.

Kiritildi: 03:58 10.04.2025. O'qildi: 849 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!