Kongo Demokratik Respublikasining isyonchilar nazoratidagi sharqiy qismida sodir bo‘lgan yong‘in 24 maktab o‘quvchisining hayotiga zomin bo‘ldi.
Bu haqda mahalliy hokimiyat halok bo‘lganlar sonini tasdiqladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in Bukavu aholi zich joylashgan hududidagi turar-joy binosida boshlanib, keyin maktablarga tarqaldi.
M23 isyonchi guruhi vakili Lorens Kanyuka AR agentligiga halok bo‘lganlar orasida 19 qiz va besh o‘g‘il bola borligini, yana 29 kishi kasalxonaga yotqizilganini aytdi.
Reuters xabariga ko‘ra, yong‘in ikkita maktab va 300 ga yaqin yog‘och uyni vayron qildi.
Yong‘inning sababi va sharoitlarini tekshirish davom etmoqda.