Kongo Demokratik Respublikasi shimoli-sharqida, Busira daryosida odamlarni olib ketayotgan parom cho‘kib ketdi. Oqibatda 38 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq odamning taqdiri esa hozircha noma’lum. 20 kishi qutqarilgan.
– Bu kemalar karvonining bir qismi bo‘lib, yo‘lovchilarning ko‘pi Rojdestvo bayramini nishonlash uchun uyiga qaytayotgan savdogarlar edi, – dedi daryo bo‘yidagi Ingende shahri meri Jozef Kangolingoli.
"Al-Jazeera" markaziy hukumat hodisaga izoh yoki qutqaruv amaliyoti haqida ma’lumot bermaganiga e’tibor qaratgan.