Kongo Demokratik Respublikasida Ebola epidemiyasi jadal sur’atlarda kengaymoqda. Bu haqda BMTning Ebolaga qarshi kurash bo‘yicha koordinatori Jyulyen Xarneys Jenevadagi brifingda ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, virus tarqalishi "eksponensial sur’atda" o‘smoqda. Ayni paytda epidemiya qamrab olgan hudud Fransiya maydonidan ham kattaroq bo‘lib, kasallikka qarshi choralar uning tarqalish tezligiga yetisha olmayapti.
"So‘nggi uch oyda 2,5 mingdan ortiq odam vafot etdi. Ularning yarmi so‘nggi 20 kun ichida hayotdan ko‘z yumdi", — dedi Xarneys.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Kongoda Ebola bilan kasallanish holatlari 5 mingdan oshib ketgan. Joriy epidemiya allaqachon mamlakat tarixidagi eng halokatli Ebola epidemiyasiga aylangan.