Bugun 5 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Kongo Demokratik Respublikasining sobiq prezidenti o‘lim jazosiga hukm qilindi

 Kongo Demokratik Respublikasining sobiq prezidenti o‘lim jazosiga hukm qilindi

Kongo Demokratik Respublikasining sobiq prezidenti davlatga xiyonat qilishda aybdor deb topilib, o‘lim jazosiga hukm qilindi — Le Figaro.

Nashrning xabar berishicha, 54 yoshli Jozef Kabila qo‘shni Ruanda tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan M23 hukumatga qarshi qurolli guruhi bilan hamkorlik qilganlikda aybdor deb topilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, sobiq prezident may oyida M23 nazoratidagi Shimoliy Kivu viloyatining ma’muriy markazi Goma shahrida bo‘lgan.

May oyida hukumat tashabbusi bilan Kabilaning umrbod senatorlik vakolati bekor qilingan, iyulda esa unga qarshi sud jarayoni boshlangan. Mutaxassislarning fikricha, hukmga qaramay, Kabilaning hibsga olinishi ehtimoli past.

Kiritildi: 17:15 02.10.2025. O'qildi: 643 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!