Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Kondisionerlardan foydalanishning keskin oshgani sabab energetika tizimi jiddiy muammoga uchradi

Kondisionerlardan foydalanishning keskin oshgani sabab energetika tizimi jiddiy muammoga uchradi

Evropadagi atom elektr stansiyalari issiq mavsumda quvvatini pasaytirmoqda. 2025 yil yozi G‘arbiy Yevropada rekord darajada issiq bo‘ldi, bu esa kondisionerlardan foydalanishning ko‘payishiga va elektr energiyasi narxining keskin oshishiga olib keldi.

Jaziramaning ikki haftasi davomida Yevropa Ittifoqida elektr energiyasiga bo‘lgan umumiy talab o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,5 foizga, Ispaniyada esa xuddi shu ikki haftalik davrda 16 foizga oshgan. Oqibatda elektr stansiyalari ishlab chiqarishni to‘xtatib qo‘yishga majbur bo‘ldi.

Fransiya va Shveysariyada joylashgan atom elektr stansiyalari yozda ishini vaqtincha to‘xtatgan, chunki issiq havoda reaktorlarni sovitish qiyin.

Kiritildi: 12:50 03.08.2025. O'qildi: 1339 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!