Komor orollari qirg‘oqlarida noqonuniy muhojirlarni olib ketayotgan qayiq ag‘darilib ketishi oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘ldi.
BMT Xalqaro Migrasiya Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, fojia 1 noyabr kuni sodir bo‘lgan.
Voqea sodir bo‘lgan kunning ertasiga qutqaruvchilar besh nafar tirik qolganlarni topdi. Qayiqda 30 ga yaqin odam — turli millat vakillari, jumladan, yetti nafar ayol va to‘rt nafar bola bo‘lgani xabar qilingan.
XMT, shuningdek, so‘nggi oylarda yana ikkita shunga o‘xshash hodisa haqida xabar berdi. Avgust oyida xuddi shu hududda qayiqning cho‘kishi oqibatida 8 kishi, sentyabr oyida esa 12 kishi halok bo‘lgan edi.