Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Kommunal to‘lovlar uchun to‘langan pullarni o‘zlashtirgan korxona rahbari va ishchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Kommunal to‘lovlar uchun to‘langan pullarni o‘zlashtirgan korxona rahbari va ishchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Karmana tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “N.A.” xususiy korxonasi rahbari A.I. va operatori P.M.lar “Paynet” shahobchasi orqali kommunal to‘lovlar uchun aholidan qabul qilingan to‘lovlarni abonentning hisob raqamiga o‘tkazmasdan, ularga to‘lov amalga oshirilganligi haqida kvitansiyalarni taqdim qilishib, jami 244 nafar fuqaroning 39,8 mln so‘m pullarini qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 13:55 10.06.2021. O'qildi: 1950 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!