Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov “Zakovat” o‘yinining kelajagi borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
“Bugun jamoamiz bilan “Zakovat” loyihasining ochilish marosimi, dizayni, o‘yin qoidalari, uning tartibi va boshqa tashkiliy masalalarni muhokama qildik. Adliya vazirligiga tegishli hujjatlarni ham topshirdik. O‘ylaymanki, ular ham bizning NNTni o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazib berishadi. Klub gimnini Shoxruxga ishonib topshirdik. U ham studiyada bugun ishlayapti. Qisqasi, tayyorgarlik juda qizg‘in. Bilimdonlar kitoblarni oching va jiddiy tayyorgarlik ko‘ring, bizda katta pul o‘ynaladi”, deya ta’kidlagan Allamjonov.