Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Komil Allamjonov: «O‘zbekiston» nashriyoti xodimlari 30 yildan so‘ng yashayotgan uylariga egalik hujjatlarini oldi»

A A A
Komil Allamjonov: «O‘zbekiston» nashriyoti xodimlari 30 yildan so‘ng yashayotgan uylariga egalik hujjatlarini oldi»

Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov agentlik tasarrufidagi «O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyi xodimlari istiqomat qilayotgan 17-B uyda yashayotgan odamlar bilan muloqot qilib, ularning yashash tarzi bilan tanishdi. Bu haqda Komil Allamjonov “Facebook”dagi sahifasida xabar berdi.

Qayd etilishicha, 48 ta xonadondan iborat binoda bosmaxonada yillar davomida faoliyat yuritayotgan matbaachi, muqovalovchi, santexnik, mexanik kabi oddiy xodimlari oilasi, farzandlari bilan istiqomat qiladi.

«Mazkur korxonada uzoq yillardan buyon mehnat qilib, o‘z tajribasini yosh avlodga o‘rgatib kelayotgan faxriylarimiz ham bor. Hatto bir xodimimiz shu dargohda faoliyat boshlaganidan buyon farzand katta qilib, yaqinda qiz chiqarayotgan ekan. Butun jamoa oilaviy ahil va bordi-keldi qilar ekan. Ularni hozirga qadar bitta dard bezovta qilib kelar edi — ushbu xonadonlar ularga qarashli emas edi. Uy o‘zingniki bo‘lmaganidan keyin xalovat topmay, xavotir va hadik ichida yashashni tassavur qilib ko‘ring. Aytish kerakki, mazkur uy 1988 yilda foydalanishga topshirilgan. Odamlar o‘ttiz yildan ortiq vaqt mobaynida shu uy o‘z mulkiga aylanishini orzu qilib, kutib yashadi», — deb yozadi Allamjonov.

Agentlik rahbarining aytishicha, Qurbon hayiti bayrami arafasida ushbu 48 ta xonadonning kadastr hujjatlari tayyorlanib, ishchi xodimlar nomiga rasmiylashtirib berilgan.

Komil Allamjonovning qayd etishicha, matbaachilar Prezident siyosati tufayli uyli bo‘ldi. Chunki davlat rahbarining parlamentga murojaatida byudjet sohasi xodimlarini, kam ta’minlangan oilalarni uy-joy muammosi ko‘pdan buyon qiynab kelishi qayd etilgan edi. «Bu og‘ir ijtimoiy muammoga biz deyarli e’tibor bermay kelganimiz ham bor gap», — degan edi Prezident.

Kiritildi: 23:52 08.08.2019. O'qildi: 5692 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!