Bugun 26 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Kolumbiyadagi Panamerika shossesida sodir etilgan portlashda halok bo‘lganlar soni 14 kishiga yetdi

Kolumbiyadagi Panamerika shossesida sodir etilgan portlashda halok bo‘lganlar soni 14 kishiga yetdi

Mamlakatning Kauka departamentida joylashgan Panamerika shossesida yo‘lovchi avtobusi yaqinida portlovchi qurilma ishlab ketdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu terrorchilik hujumi oqibatida kamida 14 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 20 dan ortiq kishi turli darajadagi jarohatlar oldi. Portlash natijasida avtobus bilan birga atrofdagi bir nechta avtomobillarga ham jiddiy shikast yetgan.

Kauka departamenti gubernatori Oktavio Gusman mazkur hujum mahalliy aholi hayoti va osoyishtaligiga jiddiy xavf tug‘dirishini ta’kidladi.

Hozirda huquq-tartibot idoralari voqea tafsilotlarini o‘rganmoqda.

Kiritildi: Bugun 13:45. O'qildi: 291 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!