Kolumbiya suvlarida katta miqdorda kokain olib ketayotgan kema qo‘lga olindi.
Bu haqda Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro ijtimoiy tarmoq orqali ma’lum qilgan.
"Bu yerdan ular 10 million doza kokainni iste’molchi mamlakatlarga yo‘naltirishga harakat qilishdi", deb yozdi u.
Petroning so‘zlariga ko‘ra, Kartagena yaqinida dengiz va havo kuchlari tomonidan o‘tkazilgan operasiya natijasida to‘rt tonna kokain musodara qilingan.