Bugun 26 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Kolumbiya Eron bilan diplomatik aloqalarni uzdi

Kolumbiya Eron bilan diplomatik aloqalarni uzdi

Kolumbiya 2026 yil 19 sentyabrdan boshlab Eron bilan diplomatik munosabatlarni rasman to‘xtatdi.

«Tashqi ishlar vazirligi 2026 yil 19 sentyabrdan Eron Islom Respublikasi bilan diplomatik munosabatlar rasman uzilganini ma’lum qiladi», — deyiladi Kolumbiya Tashqi ishlar vazirligi xabarida.

Vazirlik bu qaror mamlakat milliy xavfsizligi va G‘arbiy yarim shar xavfsizligi manfaatlaridan kelib chiqib qabul qilinganini ta’kidladi.

Shuningdek, qarorga sabab sifatida Hurmuz bo‘g‘ozining yopilishi hamda Eron yadroviy dasturini tekshirish bo‘yicha MAGATE faoliyatiga to‘sqinlik qilinishi ham ko‘rsatildi.

Kiritildi: 09:41 25.09.2026. O'qildi: 688 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!