Amerikaning Boulder shahrida (Kolorado shtati) Isroilni qo‘llab-quvvatlagan namoyish ishtirokchilariga uyushtirilgan hujum oqibatida olti kishi yaralandi.
Bu haqda Federal qidiruv byurosining maxsus agenti Mark Mikalek matbuot anjumanida ma’lum qildi.
"Men 67 yoshdan 88 yoshgacha bo‘lgan olti kishi jarohatlanganini tasdiqlay olaman. Ularning barchasi kasalxonaga yotqizilgan", - dedi u. Eshittirish Boulder ma’muriyatining YouTube kanalida translyasiya qilingan. Mahalliy polisiya boshlig‘i Stiven Redfernning aytishicha, kamida bir qurbonning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.
Mikalek FQB gumonlanuvchining shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘lganini qo‘shimcha qildi. “Hujum chog‘ida gumonlanuvchi: “Falastinga ozodlik” deb baqirdi. Bu 45 yoshli Muhammad Sabri Sulaymon edi”, — dedi u.
"FQB bu voqeani terrorchilik akti sifatida tekshirmoqda. Afsuski, bizning mamlakatimizda bunday hujumlar tez-tez sodir bo‘la boshladi", deb ta’kidladi Mixalek.