Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Kollej va texnikumlarda o‘qish qachon boshlanishi e’lon qilindi

A A A
Kollej va texnikumlarda o‘qish qachon boshlanishi e’lon qilindi

Xabaringiz bor, 2022/2023-o‘quv yili uchun kollej va texnikumlarga sirtqi, kechki va dual ta’lim shakllari bo‘yicha Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarni kirish imtihonlarisiz to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan edi.

Yuqoridagi tartibda o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilar uchun ta’lim jarayonlari 2022 yil 17 oktyabrdan boshlanadi.

Bu haqda Olif va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar bermoqda. O‘qishga kirgan abituriyentlar tegishli ta’lim muassasalarining qabul komissiyasiga murojaat etishlari so‘ralmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2022/2023-o‘quv yilida kollej va texnikumlarga:

- sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha 36 140 nafar;

- kechki ta’lim shakli bo‘yicha 1 596 nafar;

- dual ta’lim shakli bo‘yicha 4 870 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgan.

Kiritildi: 21:57 13.10.2022. O'qildi: 6430 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!