Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Kogon dehqon bozori qurilishida 593 mln so‘m talon-toroj qilingani fosh bo‘ldi

A A A
Kogon dehqon bozori qurilishida 593 mln so‘m talon-toroj qilingani fosh bo‘ldi

Xabarga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Kogon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvida «S.Q.» unitar korxonasi sobiq rahbari M.Q. «Sohibkor dehqon bozori» MCHJda qurilgan savdo do‘konlari uchun to‘lovlar to‘liq to‘langanligi to‘g‘risida soxta ma’lumotlarni tuzish orqali fuqarolar nomiga savdo do‘koniga egalik qilish huquqini beruvchi hujjatlarni olishga erishib, «S.Q.» manfaatlariga 593,4 million so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.Q. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:27 11.06.2020. O'qildi: 1675 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!