Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Kobul 2030 yilda ichimlik suvidan butunlay mahrum bo‘lish xavfi ostida

Kobul 2030 yilda ichimlik suvidan butunlay mahrum bo‘lish xavfi ostida

Bu haqda Mercy Corps xalqaro insonparvarlik tashkiloti hisobotiga asoslanib The Guardian gazetasi yozmoqda.

Mutaxassislarning xulosalariga ko‘ra, so‘nggi o‘n yilliklarda Kobulda yer osti suvlari sathi 30 metrga pastlab ketgan. Bu shiddatli urbanizasiya (shaharlashish) va iqlim o‘zgarishlarining oqibati. Shahardagi quduqlarning deyarli yarmi qurigan, suv iste’moli hajmi suv zaxiralarining tabiiy to‘planish tezligidan yuqori — yillik taqchillik 44 million kub metrgacha yetgan.

Ahvol o‘zgarmas ekan, shahar va uning atrofida yashovchi 7 million kishining taqdiri xavf ostida qoladi. Mercy Corps tashkilotining Afg‘oniston bo‘yicha direktori Den Karri aytishicha, suv yetishmasligi aholining majburiy ko‘chishiga olib keladi, xalqaro hamjamiyat ko‘magining yo‘qligi migrasiya muammolari va ijtimoiy mashaqqatlarni yanada chuqurlashtiradi.

Suv nafaqat taqchil, sifati ham juda yomon: yer osti suv zaxiralarining qariyb 80 foizi kanalizasiya chiqindilari, tuz, margimush bilan ifloslangan. Odamlar toza suv sotib olishga majbur, oilalar byudjetining uchdan bir qismigacha shunga ketmoqda. Ayrim oilalarning kommunal qarzlari jiddiy moliyaviy muammoga aylangan

Kiritildi: 21:05 09.06.2025. O'qildi: 1125 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!