Bugun 20 iyun, 2025 yil, juma

КИР

“Kobalt” piyodani urib ketdi va... 

A A A
“Kobalt” piyodani urib ketdi va... 

Joriy yilning 26 may kuni soat 11:00 larda, Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumani 4N-425 “Uchqo‘rg‘on – Yangiyer” mahalliy yo‘lining 5 km.da haydovchi, 2000 y.t. S.Q. (erkak) “Kobalt” rusumli transport vositasi tezligini me’yoridan oshirgan holda boshqarib ketayotib, yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyoda, 1969 y.t. R.A.ni urib yuborib, YTH sodir etgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada, piyoda R.A. (erkak) og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Uchqo‘rg‘on tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

"Barcha haydovchilardan belgilangan tezlik me’yorlariga amal qilishlarini, piyodalarga e’tiborli bo‘lishlarini, piyodalar esa yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tmasliklarini so‘rab qolamiz", deyiladi xabarda.

 

Kiritildi: 11:40 27.05.2020. O'qildi: 2338 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!