Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati-2025 guruh bosqichi yakuniga yetdi, uning natijalariga ko‘ra pley-offning 16 ishtirokchisi aniqlandi.
Klublar o‘rtasidagi JCh 1/8 finalida "Palmeyras," "Botafogo," "Benfika," "Chelsi," "Inter," "Fluminense," "Manchester Siti," "PSJ," "Inter Mayami," "Flamengo," "Bavariya," "Borussiya Dortmund," "Monterrey," "Yuventus," "Real" va "Al-Hilol" jamoalari qatnashadi.
Pley-offning dastlabki o‘yinlari 28 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati AQShda bo‘lib o‘tmoqda. Final 13 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.