Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining chorak final bosqichining sakkiz ishtirokchisidan olti nafari ma’lum bo‘ldi.
Dastlab Milanning “Inter” klubi Braziliyaning “Fluminense” klubiga yutqazdi (0:2), keyin esa “Manchester Siti” Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubiga mag‘lub bo‘ldi (qo‘shimcha bo‘limlardan so‘ng 3:4).
Shunday qilib, chorak finalning to‘rtta juftligidan uchtasi allaqachon ma’lum:
"Fluminense" - "Al-Hilol";
“Palmeyras” – “Chelsi”;
"PSJ" - "Bavariya".
Endi ikkita juftlik qoldi: “Real Madrid” – “Yuventus” va “Borussiya Dortmund” – "Monterrey".