Bugun 23 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Kitob o‘qishning foydalari

Kitob o‘qishning foydalari

Fan va texnika behad rivojlangan xozirgi davrda insoniyat ma’naviyatining juda qashshoqlashib ketayotgani haqida bugun nafaqat ezoteriklar, balki fan olimlari, mediklar ham gapirmoqdalar. Chindan ham kompyuterlarda, smartfonlarda, uyali telefonlarda, internetda, (xatto televizor ko‘rsatuvlarida ham) keng o‘rin olib borayotgan reklamali va boshqa turli tasviriy lavhalar va  rasmli (ayniqsa jangovar) o‘yinlar odamlarda mantiqiy fikrlash qobiliyatini sezilarli  ravishda susaytirib borayotgani sir emas. 
Bunday bo‘lishi tabiiy. Zero, inson mantiqiy tafakkuri fikrni tushunish jarayonida shakllanadi, tasvirni ko‘rish jarayonida emas. Ya’ni, fikrlash uchun tasvirlangan narsani ko‘rishdan ancha boshqacha shart-sharoit kerak. Ikkinchi tomondan, ekranlarda aks etgan tasvirlar tamoshabin uchuye faqat shablon (qotirib qo‘yilgan surat) bo‘la oladi xolos, tamoshabin tasavvurining mustaqil, ijodiy  rivojiga yo‘l bermaydi... Bunday fikri tormozlanib qolgan odamlardan faqat aqli noqis, to‘mtoq, serzarda odamlar kelib chiqadi va turli oilaviy fojia va jinoyatlar ham shuning natijasi bo‘ladi...
Ezoterika ham hamisha mutolaa, fikrlash, ilm olishning ahamiyati haqida azaldan ko‘p gapirib kelgan. Zero, NOZIL BO‘LADIGAN YUKSAK MISTIK ILMLARNI TUSHUNIB qabul qilish  uchun ham insonda avvalo mantiqiy fikrlash qobiliyati shakllangan va yaxshi rivojlangan bo‘lishi kerak. Xususan, Ibn Arabiy, Rumiy, Navoiy, Ibn Sino kabi zotlar yoshliklaridan ko‘p kitob o‘qiganlari ma’lum.

Bugungi kunda medisina fani bu masalani sog‘liqqa ham dahli borligi haqidagi maslani ko‘tardi. Mediklar ALSGEYMER kasalligining tobora "yosharayotgani" (Ya’ni bu kasallik faqat qariyalarda emas, yoshlarda ham kuzatilayotgani) haqidagi fikrlarni bayotn etishmoqda hamda bu kasallikka qarshi choralaridan biri sifatida kitob o‘qish, miyani ishlatadigan faoliyat turlari bilan shug‘ullanish  kerakligi haqidagi fikrlarni oldinga surmoqda.  Ya’ni ularning tushuntirishlaricha, kitobni diqqat bilan, o‘ylab, fikrlab o‘qish bilan muttasil shug‘ullanish natijasida qariganida ham inson aqli o‘z tiniqligini saqlar ekan. Albatta, kitob o‘qib, fikr yuritishdan ko‘ra, qo‘liga pultni olib, televizor ko‘rish yoki nouibukni ochib olib, virtual reallikka kirib ketishdan osoni yo‘q. Lekin, olimlar buning zararlarini ham, kitob o‘qishning esa foydalarini ham yoritib bermoqdalar 

Umuman bugun psixolog-olimlarimiz kitob o‘qishning foydalari haqida kamida quyidagi 10 ta sababni ko‘rsatmoqdalar :
1. Kitob o‘qiydigan odamning so‘z  boyligi katta bo‘ladi. Chunki kitob o‘qilganda kishi oddiy kundalik hayotda ishlatilmaydigan so‘zlarni ham uchratadi. bu so‘zning ma’nosini lug‘atdan izlash ham shart emas, zero kitob umumiy mazmunidan so‘zning ma’nosi ham kelib chiqadi. Gu tariqa kitob o‘qig nafaqat so‘z boyligini orttiradi, balki inson bilimini ham orttiradi. (Axir ayg‘ambarimiz "Beshikdan qqabrgacha ilm izlang" lemaganlarmi).

2. Kitob o‘qish boshqa odamlar bilan muloqot qilishga yordam beradi. Ya’ni kitob o‘qigan odam o‘z fikrlarini chiroyli, aniq, yorqin ifodalash imkoniga ega bo‘ladi. Bir nechta mumtoz adabiyotni o‘qishning o‘zida ham kishida gapirish san’ati bir qadar rivojlangani seziladi. shu tariqa kishi yaxshi suxbatdosh bo‘la oladi, odamlarda o‘zi haqida yaxshi tassurot qoldiradi. 

3. Kitob o‘qish insonni dadillashtiradi.
Kitob o‘qigan insonning o‘ziga ishonchi kattaroq bo‘ladi. Chunki kitobdan olgan ilmlari unga madad beradi. Atrofingizdagi olamlarda esa siz haqingzda yaxshi tasavvur uyg‘onadi. bu esa sizni yanada juo’atli qiladi. 
4. Kitob o‘qish stresslarni kamaytiradi. 
Stresslar bugungi odamlarning eng asosiy muammosiga aylangan. Kitob tekstining boyligi va ritmi inson ruxiyatini tinchlantiruvchi va stresslarnibartaraf etuvchi, chal0ituvchi  xususiyatga ega. Ayniqsa uyqudan oldin kitob o‘qiganlar buni yaxshi bilishadi. 
5. Kitob o‘qish natijasida xotira va fikrlash qobiliyati rivojlanadi.  
Tafakkurni (fikrlash qobiliyatini) rivojlantirish kitob o‘qishning eng samarali xususiyatidir. Chunki kitob o‘qiganimizda biz ekranlardagi bir tasvirdan boshqqasiga shunchaki ko‘chib o‘tmaymiz, balki asarni tushunish uchun asar qahramonlari va boshqa qatnashchilarning xarakterlari, gap so‘zlari, xulqu atvori, fikrlash tarzlari, tabat va b. haqida fikrlashimizga to‘g‘ri keladi.

Kiritildi: 22:17 28.06.2020. O'qildi: 30137 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!