Bugun 9 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Kit Kellog Rossiya rasmiylarini tinchlik takliflari o‘rniga yadro urushi bilan tahdid qilgani uchun tanqid qildi

Kit Kellog Rossiya rasmiylarini tinchlik takliflari o‘rniga yadro urushi bilan tahdid qilgani uchun tanqid qildi

AQSh prezidentining Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog Rossiyaning sobiq prezidenti va Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning bayonotlariga izoh berdi.

Medvedev Trampning "Putin olov bilan o‘ynashyapti" degan fikrlarini sharhlar ekan, "Men faqat bitta yomon narsani bilaman — bu Uchinchi jahon urushi. Umid qilamanki, Tramp buni tushunadi!", deb yozgan edi Medvedev X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Kellog bu bayonotlarni "mas’uliyatsizlik" va "qudratli davlat uchun nomaqbul" deb atadi.

"Siz bir hafta avval va’da qilgan Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha memorandumning Rossiya tominidan beriladigan variantini kutyapmiz. Darhol o‘t ochishni to‘xtating", — deb yozdi amerikalik siyosatchi.

Kiritildi: 12:39 28.05.2025. O'qildi: 760 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!