Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

"Kit Kellog 20 fevral kuni Ukrainaga keladi" - Zelenskiy

"Kit Kellog 20 fevral kuni Ukrainaga keladi" - Zelenskiy

"Biz Kellogni kutyapmiz. Uning yurtimizga 20 fevral kuni kelishi haqida kelishib olganmiz. Kellog Ukrainada ikki kun yoki undan ham ko‘proq muddat qolishi mumkin. Men Kellog bilan frontga bormoqchiman, o‘ylaymanki, u buni rad etmaydi", — deya ma’lum qildi Ukraina prezidenti.

Shu bilan birga, Zelenskiy Kellogning tashrifidan so‘ng, o‘zining Tramp bilan uchrashuvi sanasi ma’lum bo‘lishini bildirdi.

Trampning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kellog tashrifi davomida Ukraina Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni Oleksandr Sirskiy, harbiy qo‘mondonlar, Mudofaa vazirligi vakillari, shuningdek, Bosh razvedka boshqarmasi (GUR) vakillari bilan uchrashishi mumkin.

Kiritildi: 20:00 18.02.2025. O'qildi: 1192 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!