Yaponiya rasmiylari Oq uyning amaldagi rahbari Jo Bayden saylovoldi poygasini tark etishga qaror qilganidan keyin AQShdagi vaziyat qanday rivojlanishini diqqat bilan kuzatib boradi.
Bu haqda Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, Tokio diplomatiyasi asosida AQSH-Yaponiya alyansi yotadi.
«O‘z-o‘zidan ma’lumki, Yaponiya va AQSh ittifoqi mamlakatimiz diplomatiyasi va xavfsizligining asosi hisoblanadi. Biz bundan keyingi vaziyatni diqqat bilan kuzatib boramiz,» - deya uning so‘zlarini keltirmoqda TASS.