Bugun 13 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

Kirish imtihonlarida aloqa to‘lqinlarini pasaytirish va xavfsizlik choralari

Kirish imtihonlarida aloqa to‘lqinlarini pasaytirish va xavfsizlik choralari

Imtihonlarda mobil aloqa to‘lqinini pasaytirish
Imtihon kunlari telefonlarga antenna chiqmay qolishi shunchaki tasodif emas, balki shaffoflikni ta’minlash uchun atay shunday qilinadi.

Imtihon adolatli o‘tishi uchun choralari
Binolar videokuzatuv bilan ta’minlanishi, uni ota-onalar va jamoatchilik ham kuzata olishi kerak.
Abituriyentlar shaxsni identifikasiyalash vositalari hamda videofiksasiya qurilmalari orqali binoga tegishli hududga kiritiladi.
Binolardagi va xizmat postlaridagi video yozuvlar saqlanishi uchun sharoitlar yaratiladi.
Imtihon o‘tadigan bino shaxsni identifikasiyalash vositalari (videofiksasiya va barmoq izlarini tekshiruvchi vositalar) videokuzatuv, mobil aloqa to‘lqinini to‘suvchi qurilmalar bilan ta’minlanadi.
Guruh nazoratchilari va abituriyentlar test sinovlari o‘tkaziladigan hududga nazorat xizmati postlari orqali kiritiladi.
Imtihon hududida jamoat xavfsizligini ta’minlash esa IIV va Qabul komissiyasiga topshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, bu yilgi imtihon 92 ta yopiq binoda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 10:17 16.07.2024. O'qildi: 578 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!