Qo‘shma Shtatlarning Kiyevga qurol yetkazib berishi Vladimir Zelenskiyga ehtimoliy tinchlik muzokaralarida qulay pozisiyani egallashga yordam berishi mumkin.
Oq uyning strategik kommunikasiyalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning Ukrainadagi mojaroni tugatish maqsadini izohlab, shunday bayonot berdi.
"Biz Zelenskiyni eng yaxshi pozisiyaga olib chiqmoqchimiz..." - deya uning so‘zlarini RIA Novosti xabar berdi.
Kirbining ta’kidlashicha, "muayyan dastak"ga ega bo‘lgan Zelenskiy, agar u mojaroni tugatishga tayyor bo‘lsa va qachon bo‘lsa, kuch pozisiyasida muzokaralarga kirishi mumkin.