Bugun 17 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Kirakash jurnalistni kaltaklab, “o‘ldi” degan gumonda Toshkent yaqinidagi dala chetidagi ariqqa tashlab ketgan

Kirakash jurnalistni kaltaklab, “o‘ldi” degan gumonda Toshkent yaqinidagi dala chetidagi ariqqa tashlab ketgan

Qishloq xo‘jaligi vazirligiga qarashli “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi” jurnali muxbiri Baxtiyor Esonov 21 noyabr kuni noma’lum shaxslar tomonidan kaltaklanib, dala chetidagi ariqqa tashlab ketildi.

Esonovning yaqinlari hozirda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi klinikasida muolaja olayotgan jurnalistning ahvoli qoniqarli ekanini aytgan. 

Toshkent viloyati Zangiota tumani IIB tergov bo‘limi jurnalistga hujum qilgan ikki nafar shaxs qo‘lga olinganligini, ularning yonidan jurnalist Baxtiyor Esonovning 1,1 million so‘m puli, Redmi rusumli uyali aloqa telefoni hamda xizmat guvohnomasi topilganligini ma’lum qilgan.

Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, 21 noyabr kuni ishdan qaytayotgan muxbir xususiy kirakashlar mashinasiga o‘tirgan. Haydovchi Toshkent viloyati Zangiota tumani Nazarbek qo‘rg‘oniga yetmasdan rulni yaydoq dala chetiga burib, jurnalistdan pul va boshqa ashyolarini chiqarishini talab qilgan. So‘ngra uni ikki noma’lum shaxs urib, “o‘ldi” degan gumon bilan dala chetidagi ariqqa tashlab ketishgan.

Shifokorlar xulosasiga ko‘ra, kaltaklanish oqibatida jurnalistning tishlari singan, tanasida og‘ir gematoma asoratlari bor, bosh qismida esa jiddiy jarohatlar mavjud.

Shuningdek, uning tana qismida ko‘plab shilinmalar, ichki qon ketishi va tana a’zolarining sinishi bilan bog‘liq jarohatlar bor.

Ayni paytda B. Esonovning o‘zi kaltaklanishiga kasbiy faoliyati sabab bo‘lgani ehtimoldan yiroq ekanini qayd etdi.

Kiritildi: 17:53 28.11.2020. O'qildi: 9525 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!