Bugun 1 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Kir Starmer iste’foga chiqadimi?

Kir Starmer iste’foga chiqadimi?

Kir Starmer iste’foga chiqishi mumkin. Leyboristlar Buyuk Britaniya bosh vaziriga qarshi fitna tayyorlamoqda. Hukumat rahbari noyabr oyi oxirida lavozimini tark etishga majbur bo‘lishi mumkin, deya ta’kidlamoqda British Broadcasting Corporation manbalari.

Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, Starmerning partiyadoshlari unga o‘rinbosar topib bo‘lishgan.

Ta’kidlanishicha, London va Nyu-York merligidan keyin endi Buyuk Britaniya bosh vazirligini ham musulmon nomzod egallashi mumkin.

Leyboristlar Ichki ishlar vaziri Shabbona Mahmudni eng yaxshi variant sifatida ko‘rishmoqda. Shabbona pokistonlik, Kashmirdan.

Hozirda Kir Starmer Qirollik tarixidagi eng mashhur bo‘lmagan bosh vazirlardan biri hisoblanadi: YouGov tahliliy kompaniyasi so‘roviga ko‘ra, uning ishini respondentlarning atigi 17 foizi ma’qullaydi.

Kiritildi: 20:25 13.11.2025. O'qildi: 924 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!