Bugun 28 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Kipr hukumati 77 nafar xorijlikning “oltin pasporti”ni bekor qildi

Kipr hukumati 77 nafar xorijlikning “oltin pasporti”ni bekor qildi


"Fuqarolikdan mahrum qilinganlar orasida Forbes milliarderlar reytingiga kiritilgan yetti nafar rossiyalik biznesmen ham bor. Rossiyalik milliarderlar Oleg Deripaska, Aleksey Kuzmichev, Mixail Guseriyev va Vadim Moshkovich, Probusinessbank bankining sobiq egasi Aleksandr Jeleznyak Kipr fuqaroligidan mahrum qilindi", deya xabar beradi “Agentstvo”.

Ro‘yxatga, shuningdek, bir nechta ukrainaliklar ham kiritilgan. Masalan, firibgarlik va pul yuvishda ayblanib, Kiyevdagi tergov hibsxonasida saqlanayotgan milliarder Igor Kolomoyskiy, shuningdek, UkrLandFarming kompaniyasi egasi Oleg Baxmatyuk shular jumlasidandir.

Kiprning Politis nashriga ko‘ra, xorijliklar ro‘yxati taxminan bir oy avval tayyorlangan. Nafaqat investorlarning o‘zlari, balki ularni oila a’zolarining ham pasportlari bekor qilinadi.

Kipr rasmiylari bu harakatni uchta sababga ko‘ra amalga oshirgan bo‘lishi mumkin. Fuqarolik uchun ariza berishda noto‘g‘ri yoki chalg‘ituvchi ma’lumotlar berish, ariza beruvchining jinoiy tarixi va fuqarolikka qabul qilish shartlariga rioya qilmaslik kabilar shular jumlasidandir.

Kiritildi: Bugun 08:00. O'qildi: 335 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!