Bugun 18 noyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Kimlarga tabiiy gaz to‘lovlari uchun moddiy yordam beriladi?

Kimlarga tabiiy gaz to‘lovlari uchun moddiy yordam beriladi?

2025-yildan boshlab ayrim ehtiyojmand oilalarga tabiiy gaz to‘lovlarini qoplashda davlat tomonidan moddiy yordam beriladi. Bu tartib ko‘pchilik uchun yangilik bo‘lgani bois, quyida yordamdan kimlar foydalana olishi va uning qanday tartibda amal qilishi haqida qisqa ma’lumot beriladi.

Prezidentning 2025-yil 2-apreldagi PQ–134-son qaroriga muvofiq, gaz to‘lovlari uchun kompensasiya quyidagilarga beriladi:

— “Ijtimoiy himoya yagona reestri” orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalar;
— Kambagal oilalar reestriga kiritilganlar;
— Reestrlarda mavjud bo‘lmasa-da, oila a’zolari jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadi minimal iste’mol xarajatlarining 1,5 baravaridan oshmaydigan oilalar.

Yordamning o‘zi tabiiy gaz uchun to‘lovlardagi farqni qoplash ko‘rinishida beriladi. Isitish mavsumida oyiga 250 m³ gacha, mavsumdan tashqari davrda esa 150 m³ gacha ortiq sarflangan qismi bo‘yicha narxlar orasidagi farq davlat tomonidan qoplanadi.

Ushbu tartib 2025-yil 1-maydan 2027-yil 1-aprelgacha amal qiladi.

Shuningdek, 2025/2026-yilgi isitish mavsumida reestrlarda bor oilalar va “Mahalla yettiligi” tomonidan muhtoj deb belgilangan, ammo reestrga kiritilmagan oilalarga 1 million so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam beriladi.

Kiritildi: 18:30 17.11.2025. O'qildi: 604 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!