Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Kim Kardashyanga o‘xshash uchun 500 ming dollar sarflagan qizning taqdiri fojiali tugadi (FOTO)

Kim Kardashyanga o‘xshash uchun 500 ming dollar sarflagan qizning taqdiri fojiali tugadi (FOTO)

Amerikalik qiz tashqi ko‘rinishini model Kim Kardashyanga o‘xshatish uchun plastik jarrohlikka 500 ming AQSh dollarini sarfladi. Uning so‘ngi, 21-jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatsizlik bilan yakun topdi. Bu haqda "togri.uz" yozmoqda.

Amerikalik Jennifer Pamplona model Kim Kardashyanga o‘xshashni juda istardi. Shu istak oqibatida u plastik jarrohlikka 500 000 AQSh dollarini sarfladi. Uning 21-jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi.

20 ta plastik jarrohlikni boshdan kechirgan qiz

Kim Kardashyanga o‘xshash qiyofa ilinjida 27 yoshli Jennifer Pamplona boshidan 20 ta plastik jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. U ikki marta ko‘kragini kattalashtirgan. Yonboshini ham bir necha martaga kattalashtirgan.

Shuningdek, Jennifer 8 ta qovurg‘alarini oldirgan, burnining shaklini ikki martalab o‘zgartirgan. Shunga qaramay yosh qiz o‘z qiyofasidan ko‘ngli to‘lmaydi va lablarini shishirishga ahd qiladi. 

Ammo...

So‘ngi lab shishirish amaliyotidan keyin Jenniferda allergiya boshlanadi: lablari haddan ortiq shishib, to‘xtovsiz qonay boshlaydi. “Ko‘zguga qaraganimda, o‘z ko‘rinishimdan qo‘rqib ketdim. Ko‘zlarimga ishonmadim. Lablarim xuddi baliqnikiga o‘xshab qolgandi”, deydi qizning o‘zi.

So‘nggi pushaymon

Barcha og‘riq va jarrohliklardan so‘ng Jennifer bor tabiiy chiroyidan ayrilgan edi. Endi u jarrohlik amaliyotiga boshqa murojaat qilmaydi.

Kiritildi: 15:04 07.09.2019. O'qildi: 6107 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!