Bugun 31 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

«Kim jarohat olgan bo‘lsa, shunchaki yerda yotibdi» — Kamol Advan doktori

«Kim jarohat olgan bo‘lsa, shunchaki yerda yotibdi» —  Kamol Advan doktori

Avvalroq Bayt Lahiya hukumati hududni falokat zonasi deb e’lon qildi va Isroil hujumlari hududni «oziq-ovqatsiz, suvsiz, shifoxonalarsiz va shifokorlarsiz» qoldirganini e’lon qildi.

Bayt Lahiyadagi Kamol Advan kasalxonasining doktori Eid Sabbahning Reuters agentligiga aytishicha, jasadlar va yaradorlar vayronalar ostida qolib ketgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shifoxonalarning vayron bo‘lishi va tibbiy buyumlarning yetishmasligi shifokorlar va hamshiralarning havo hujumlari va otishmalardan jarohat olib kelgan odamlarni qutqarish imkoniga ega emasligini anglatadi.

«Kim jarohat olgan bo‘lsa, u yerda yotibdi va o‘ldirilganlarni xachirli aravadan tashqari hech nima bilan tashib bo‘lmaydi», dedi u.

Kiritildi: 21:12 30.10.2024. O'qildi: 485 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!