Bugun 16 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Kim Chen In Yaponiyadagi koreyalik bolalar ta’limi uchun 2 mln dollar ajratdi

Kim Chen In Yaponiyadagi koreyalik bolalar ta’limi uchun 2 mln dollar ajratdi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Yaponiyada istiqomat qiluvchi Koreya fuqarolari ligasi («Chxonryon») uchun taxminan 2 million dollar miqdorida mablag‘ yubordi.

STAK (KNDR Markaziy telegraf agentligi) ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu mablag‘lar tashkilot a’zolarining farzandlari uchun ta’lim fondi va stipendiyalarga yo‘naltiriladi. Qayd etilishicha, bu qaror 15 aprel kuni nishonlanadigan mamlakat asoschisi va Vazirlar Mahkamasining birinchi raisi Kim Ir Sen tavalludining 114 yilligi munosabati bilan qabul qilingan.

Kiritildi: 09:36 14.04.2026. O'qildi: 688 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!