Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 13 yoshli qizini mamlakat raketa dasturiga rahbar etib tayinladi.
Janubiy Koreyaning The Chosun Daily nashri bu haqda razvedka ma’lumotlari bilan tanish hukumat manbalariga tayanib xabar berdi.
Nashr manbalariga ko‘ra, Kim Chen Inning qizi Kim Ju-e "raketa bo‘linmasining bosh direktori" vazifasini bajarmoqda. Garchi Jang Jang-ha rasman bu lavozimni egallab turgan bo‘lsa-da, generallardan hisobotlarni qabul qiladigan va hatto buyruqlar beradigan shaxs rahbarning qizidir. Razvedka shuningdek, uning hozirda Pxenyanda bo‘lib o‘tayotgan Ishchi partiyasining 9-s’ezdi davomida ayrim siyosiy masalalar bo‘yicha fikr bildirganini ham qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya razvedka xizmati 12 fevral kuni parlament qo‘mitasiga bu "voris sifatida tayinlash bosqichi" ekanligini ma’lum qilgan. The Chosun Daily xabariga ko‘ra, Shimoliy Koreya yetakchisining qizi 2022 yil noyabr oyida, otasi bilan birga "Xvasong-17" qit’alararo raketasini uchirish marosimida qatnashganida rasman e’lon qilingan. Uning ismi oshkor qilinmagan.