Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Rossiya prezidenti Vladimir Putinni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, mamlakatning Rossiya bilan ittifoqchilik munosabatlarini saqlab qolishini bildirdi.
“Birodar Rossiya bilan har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlariga katta ahamiyat berish — Shimoliy Koreya hukumatining o‘zgarmas siyosati va shaxsan mening o‘zgarmas tanlovim”, — dedi Kim Chen In.
Kim Chen Inning bu so‘zlari Koreya Markaziy telegraf agentligi tomonidan keltirilgan.