Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Kim Chen In hozir qayerda?

Kim Chen In hozir qayerda?

KXDR yetakchisi Kim Chen In may oyi boshida o‘g‘it zavodiga tashrif buyurganidan keyin Vonsanda qoldi, deya xabar beradi Yaponiya va Janubiy Koreya OAV.

Shunday qilib, Kiodo agentligi ismi oshkor etilmagan manbalarga tayanib Shimoliy Koreya rahbari 1 may kuni zavodga tashrif buyurgandan keyin Pxenyanga qaytib kelmagani haqida ma’lumot berdi. Kim Chen Inning nega kurortda qolgani noma’lum.

KXDR rahbarining yashash joyi haqidagi shunga o‘xshash ma’lumotlar Janubiy Koreyaning "Chunan Ilbo" gazetasida ham chop etildi. Shimoliy manbalarga tayanib, nashr "Kim Chen In 11 aprel kuni Pxenyanni tark etib, Vonsonda bo‘lganini" xabar qilmoqda.

"1 may kuni u o‘g‘it ishlab chiqaradigan zavodning ochilishida ishtirok etdi va Vonsanda qolmoqda... Manbalarga ko‘ra, Kim Chen In zavodning ochilish marosimidan keyin ham jamoat ishlari bilan shug‘ullanmaydi — u armiya bo‘limlariga tashrif buyuradi va raketalar hamda boshqa strategik qurollar ishlab chiqarilishini kuzatadi", — deya ta’kidlangan xabarda.

Kiritildi: 16:59 22.05.2020. O'qildi: 3169 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!