Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Kim Chen In, agar kerak bo‘lsa, Shimoliy Koreya Janubiy Koreyani bosib olishini aytdi

A A A
Kim Chen In, agar kerak bo‘lsa, Shimoliy Koreya Janubiy Koreyani bosib olishini aytdi

KXDR Koreya Respublikasini o‘zining doimiy asosiy dushmani deb biladi va o‘z xavfsizligini talab qiladigan favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda uning hududini bosib olishga tayyor.

Bu haqda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Koreya xalq armiyasi tashkil etilganining 76 yilligi munosabati bilan qilgan bayonotida ma’lum qildi.

"Yaqinda partiyamiz va hukumatimiz xalqimizning bo‘linishi va qarama-qarshiligi tarixini sarhisob qilib, janubiy koreyalik qo‘g‘irchoqlarni mamlakatimizning eng zararli va o‘zgarmas asosiy dushmani sifatida aniqlab, urush sodir bo‘lgan taqdirda ularning hududini egallab olishga qaror qildi. Favqulodda vaziyat milliy siyosat sifatida mamlakatimizning abadiy xavfsizligi, kelajakda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash uchun oqilona choradir", - deya Kim Chen Inning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Koreya markaziy axborot agentligi.

Kiritildi: 10:09 09.02.2024. O'qildi: 1887 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!