Bugun 27 mart, 2026 yil, juma

КИР

Kilian Mbappe "Real" prezidenti bilan jiddiy suhbat o‘tkazdi

Kilian Mbappe "Real" prezidenti bilan jiddiy suhbat o‘tkazdi

«Real Madrid» yulduzi Kilian Mbappe va klub prezidenti Florentino Peres o‘rtasida kechgan telefon suhbati tafsilotlari ma’lum bo‘ldi. L’Équipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, fransiyalik hujumchi mart oyi boshida bo‘lib o‘tgan ushbu suhbatda «qirollik klubi» shifokorlari xizmatidan voz kechishini ma’lum qilgan.

Bunga asosiy sabab sifatida Mbappening klub tibbiy shtabiga bo‘lgan ishonchi yo‘qolgani ko‘rsatilmoqda. Avvalroq OAVda madridliklar shifokorlari futbolchining chap tizzasidagi jarohatni tekshirish o‘rniga, xatolik bilan sog‘lom bo‘lgan o‘ng tizzasini MRT qilgani haqida shov-shuvli xabarlar tarqalgan edi. Garchi Mbappening o‘zi yaqinda bergan intervyusida «noto‘g‘ri tizza» haqidagi gaplarni rad etgan bo‘lsa-da, uning klub tibbiy xodimlaridan norozi ekani va bundan buyon "PSJ"dagi sobiq shifokori Kristof Bodo nazoratida davolanishni istayotgani aytilmoqda.

Mbappe Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: Bugun 14:18. O'qildi: 246 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!