Rossiyaning Kiyevga tungi hujumi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi va 30 dan ortiq kishi jarohat oldi.
Bu haqda Ukrainaning qayta qurish bo‘yicha bosh vaziri o‘rinbosari va jamoalar va hududlarni rivojlantirish vaziri Aleksey Kuleba ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shaharning turli hududlarida yong‘inlar va vayronagarchiliklar qayd etilgan. Turar-joy binolari va fuqarolik infratuzilmasi zarar ko‘rgan.