Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Kiyevdagi reyd: barcha erkaklar urushga!

A A A
Kiyevdagi reyd: barcha erkaklar urushga!

25-60 yoshdagi barcha ukrainalik erkaklar harbiy xizmatga chaqiriladi, 18-60 yoshdagi erkaklarga esa mamlakatni tark etish taqiqlanadi.

Ukraina harbiy komissariatlari xodimlari poytaxt Kiyevdagi restoranlar, barlar va konsert zallarida reydlar o‘tkazib, harbiy ro‘yxatga olinganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tekshirishdi. Mahalliy ommaviy axborot vositalari va guvohlarning xabar berishicha, ular tomonidan talablarga rioya qilmagan erkaklar qo‘lga olingan.

Ukraina rok-guruhi konsertidan keyin ofiserlar Sport saroyiga bostirib kirishdi. Ommaviy axborot vositalarida efirga uzatilayotgan videoyozuvlarda ham konsert zali eshigi oldida turgan ofiserlar chiqib ketayotgan odamlarni ushlab turganini ko‘rish mumkin.

Kadrlarda polisiyachilar ba’zi erkaklarni zo‘rlik bilan ushlab turganini ko‘rish mumkin.

Kiritildi: 21:51 13.10.2024. O'qildi: 3756 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!