Bugun 19 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Kiyevda otishma sodir bo‘ldi - qurbonlar bor

Kiyevda otishma sodir bo‘ldi - qurbonlar bor

Kiyevning Goloseevskiy tumanida ko‘cha va supermarketda sodir bo‘lgan otishma oqibatida halok bo‘lganlar soni olti kishiga yetdi.

Bu haqda Kiyev meri Vitaliy Klichko o‘zining Telegram-kanalida e’lon qildi.

"Otishmada ilgari kasalxonaga yotqizilgan 10 nafar jabrlanuvchidan biri kasalxonada vafot etdi. U 30 yoshlardagi ayol. Uning shaxsi aniqlanmoqda", deb yozgan u.

Jami 15 kishi jarohat oldi, ulardan olti nafariga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bugun Kiyevda sodir bo‘lgan otishmada halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi.

"Ukraina ichki ishlar vaziri Igor Klimenko hozirgina Kiyevda odamlarga qarata o‘q uzgan hujumchining yo‘q qilinganini ma’lum qildi. To‘rt nafar garovga olingan qutqarildi. Barcha holatlar tekshirilmoqda. Hozirda besh kishi halok bo‘lgani ma’lum. Oila a’zolari va do‘stlariga hamdardlik bildiraman", deb ta’kidladi u.

Tergov ishlariga Ukraina Milliy polisiyasi va Xavfsizlik xizmati xodimlari jalb qilingan.

Kiritildi: Bugun 09:00. O'qildi: 495 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!