Bugun 9 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Kiyevda birinchi Sanksiya sammiti boshlandi

Kiyevda birinchi Sanksiya sammiti boshlandi

Kiyevda AQSH, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi kabi 21 davlat vakillari ishtirok etgan ilk "Sanksiya sammiti" boshlandi.

Bu haqda "Interfaks-Ukraina" xabar bermoqda.

Ochilish marosimida Yevropa Ittifoqining Ukrainadagi elchisi Katarina Maternova Rossiya tomoni "diplomatiyani emas, kuchni tushunadi" va sanksiyalar eng samarali ta’sir vositalaridan biri bo‘lib qolayotganini aytdi.

Ukraina prezidentining sanksiyalar siyosati bo‘yicha maslahatchisi Vladislav Vlasyuk jurnalistlarga yaqin ikki kun ichida sammit ishtirokchilari joriy etilgan chora-tadbirlar samaradorligini tahlil qilishlarini va Rossiyaga asosiy tarmoqlarda – energetika, moliya va kriptovalyuta sxemalarida bosimni kuchaytirish masalasini ko‘rib chiqishlarini, uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya cheklovlarni chetlab o‘tish uchun foydalanayotganini aytdi.

Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari Yuliya Sviridenko moliyaviy sanksiyalar zarurligini ta’kidladi. Uning ta’kidlashicha, kriptovalyuta va soya sxemalari orqali oylik mablag‘lar oqimi milliardlab dollarni tashkil etadi, bu esa qarshi choralar ishlab chiqishni talab qiladi.

Evropa Ittifoqining sanksiyalarni qo‘llash bo‘yicha maxsus vakili Devid O`Sallivanning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqining 19 ta sanksiya paketi, shuningdek, AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada va Yaponiya tomonidan kiritilgan cheklovlar "allaqachon o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda va Rossiya iqtisodiyotiga ta’sir qilmoqda". Bu boradagi ishlarni davom ettirish zarurligini ta’kidladi.

Sammit yakunida xalqaro sanksiyalar koalisiyasini kuchaytirish bo‘yicha keyingi reja, shuningdek, Yevropa Ittifoqining 20-sanksiya paketi bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishi kutilmoqda.

Kiritildi: 07:15 28.11.2025. O'qildi: 1012 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!